“5 mingga yaqin fuqaro xorijga chiqish biometrik pasportlarini olishdi”

Date:

Barchamizga ayonki, 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab yurtimizda OVIR stikerlarini berish to‘xtatilib, chet elga sayohat qilish, o‘qish yo biznes uchun chiqmoqchi bo‘lganlarga yangi biometrik passport taqdim etish yo‘lga qo‘yilgan edi. Pasportning 10 yil davomida amal qilishi esa xorijga tez-tez borib turadigan fuqarolar uchun katta yengillik bo‘lgani aniq. Qolaversa, ushbu pasport xalqaro standartlarga ham javob beradi.
Albatta, xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish ishlari fuqarolarning vaqtini olayotgani og‘riqli nuqtaga aylangandi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Prezident farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-yanvaridan chet elga chiqish imkoniyatini beruvchi biometrik pasportning rasmiylashtirish ishlari davlat xizmatlari markazi tomonidan amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Markazga borishni istamagan fuqarolar esa YaIDXP orqali onlayn tarzda ham ariza topshirishlari mumkin. Xususan, Termiz shahar davlat xizmatlari markazida joriy yil boshidan shu kunga qadar 5 mingga yaqin fuqaro xorijga chiqish biometrik pasportlarini olishdi.
Demak aytish mumkinki, Surxon ahlining ish yoki sayr-u sayohatni ko‘ngliga tuggan orzulari davlat xizmatlari markazi va mutaxassislari tomonidan qisqa fursatlarda amalga oshirilayotir.

Gulnoza Kuldosheva,
Termiz shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va xizmat ko‘rsatish (xorijga chiqish va kirish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish bo‘limi sho‘basi) katta mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun