Toʼra Bobolov ehtiyojmand oilalarga 800 ming soʼmdan ajratilgan moddiy yordam va Yangi yil sovgʼalarini yetkazdi

Date:

Viloyat hokimi Toʼra Bobolov Termiz tumanining Orol mahallasida boʼlib, “Temir daftar”ga roʼyxatga olingan oilalar holidan xabar oldi. Viloyat rahbari xonadon egalariga Prezidentning Yangi yil tabrigini oʼqib eshittirib, moddiy yordam puli va bayram sovgʼalarini topshirdi.

– Turmush oʼrtogʼim ikkinchi guruh nogironi, oʼzim kunlik ishlarda ishlab, roʼzgʼorimizni tebratyapmiz. Ochigʼi, qishda biroz qiynalib turganimizda Prezidentimizning sovgʼalari juda asqotdi. Bayram dasturxonimiz endi toʼkin boʼladigan boʼldi. Minnatdormiz, inson qadri ulugʼlanayotgan shu yurtda yashayotganimizga ming bor shukur, – deydi Orol mahallasida yashovchi Muazzam Аliqulova.

Toʼra Bobolov mahalladagi savdo doʼkonlarida ham boʼlib, sotuvchilar va xaridorlar bilan suhbatlashdi. Oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa kundalik ehtiyoj mollarining narx-navosi bilan qiziqdi.

Maʼlumot uchun, Prezident qaroriga koʼra, Yangi yil bayrami arafasida viloyatmizda “Temir daftar” roʼyxatida boʼlgan 17 203 ta oilaga, shuningdek, 18 yoshga toʼlmagan farzandlari bor boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi hamda 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi 25 846 ta oilaga 800 ming soʼm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʼrsatilmoqda. Viloyatda jami 43 049 oilaga 34,3 mlrd. soʼm miqdorida moddiy yordam berilishi koʼzda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun