35 nafar xotin-qizga sertifikatlar topshirildi

Date:

Bugungi kunda jamiyatda ayollarning-da o‘z o‘rni, o‘z mavqeyi bor. Ular erkaklar bilan yelkama-yelka turib birdek mehnat qilishmoqda. Shu nuqtai nazardan bugun ishsiz ayolni tasavvur eta olmaymiz. Yurtimizda ham ayollarni munosib qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish maqsadida qator imtiyoz va qulayliklar yaratilgan.
Xususan, davlatimiz rahbarining “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori esa bu borada dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir. Ayni maqsadda tikuvchilikni rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash uchun Termiz tumanidagi “Ayollar daftariga”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazildi. Ularning muammo va takliflari tinglanib, manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida 35 nafar ishsiz xotin-qiz tanlab olindi.
So‘ng, ular tikuvchilik bo‘yicha o‘quv kurslariga tavsiya etilib, o‘qitildi. Tikish-bichish sirlarini o‘rganishdi. Termiz tumani hokimligida o‘tkazilgan tadbirda esa ayni shu o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi. Ushbu sertifikatlar xotin-qizlarning jamiyat hayotida o‘zlarining ilk mustaqil qadamlarini tashlab, ish boshlashlarida, imtiyozli kredit olishlarida qo‘l keladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun