Xavfsizlik xonadonlardan boshlanadi

Date:

Sovuq kunlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish is gazidan zaharlanish va yong‘in kabi favqulodda holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday xavflarning oldini olish maqsadida Termiz tumanida «Energiya resurslaridan xavfsiz foydalanish oyligi» doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi tadbir Yangiobod mahallasida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Sharof Shukurov va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Umid Bozorov rahbarligida tashkil etildi.

Mas’ul idoralar vakillari xonadonlarda bo‘lib, aholiga tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish, mo‘rilarni tozalash, xonalarni shamollatish hamda isitish uskunalarini nazoratsiz qoldirmaslik bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, xonadonlardagi isitish tizimlari va xavfsizlik sharoitlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bunday profilaktik tadbirlar orqali aholi xonadonlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash, is gazidan zaharlanish va yong‘inlarning oldini olish ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun