Termizda 9 qavatli turar joy va 200 o‘rinli klinika qurilmoqda

Date:

Termiz shahrida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqdaki, so‘nggi bir necha yil avval shahrimizda bo‘lmagan kishi shaharni kezgudek bo‘lsa, yangicha qiyofa aks etgan Termizni tanimay qolishi aniq. Sababi shahrimiz kundan-kunga chiroy ochib, yangidan-yangi loyihalar amaliyotga tadbiq etilayotgani fikrimiz isbotidir. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida qurilishi olib borilayotgan loyihalar bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni shaxsan o‘z nazorati ostiga olgani mas’ullar mas’ullini oshirib, qurilish ishlarining sifatli va qisqa fursatlarda amalga oshirilishini ta’minlaydi. Ayni shu maqsadda viloyat rahbari Termiz shahridagi “Alpomish” mahallasida bo‘lib, hududdagi sobiq dehqon va oziq-ovqat bozori o‘rnidan “Smart Hous Building” MChJ tomonidan qurilayotgan 9 qavatli turar-joy va 200 o‘rinli klinikaning qurilishi bilan tanishdi. Loyiha tashabbuskori bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashdi. Aholining turar-joy va sifatli tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilishi maqsad qilingan ushbu loyihani sifatli amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Qolaversa, shu yerning o‘zida “Urgut Termiz Aloqa” MChJ tomonidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar va noturar joy binolari qurilishi loyihasi taqdimot qilindi. Ushbu loyihadagi ba’zi kamchilik va muammolar to‘g‘risida axborot berildi. Har ikkala loyiha ham tegishlicha o‘rganilib, yanada puxta ishlab chiqilishi bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun