Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Date:

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan «Bir Vatan, bir el, bir bayroq!» shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar hamda nuroniylar ishtirok etdi.

Tadbir Davlat madhiyasi sadolari ostida bayroqni tantanali ravishda olib chiqish marosimi bilan boshlandi. So‘zga chiqqanlar milliy ramzimizning tarixiy ahamiyati, xalqimizning milliy g‘ururi, Vatanga sadoqat va birlik timsoli sifatidagi o‘rni haqida fikr bildirdi.

Bayram dasturidan badiiy chiqishlar, vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar va jamoaviy chiqishlar o‘rin oldi. Shuningdek, yoshlar hamda tadbir ishtirokchilari «Bayroq marafoni»da qatnashdi.

Tadbir Davlat bayrog‘i shunchaki ramz emas, balki xalqimizning mushtarak tarixi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan milliy iftixor timsoli ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun