Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Date:

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish» harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida bepul huquqiy maslahatlar aksiyasi o‘tkazildi.

Kundalik hayotda fuqarolar sifatsiz tovarlar, kafolat majburiyatlarining bajarilmasligi, onlayn xaridlardagi muammolar yoki chalg‘ituvchi reklama bilan bog‘liq holatlarga duch keladi. Biroq bunday vaziyatlarda o‘z huquqlarini qanday himoya qilish va qayerga murojaat etish kerakligini hamma ham bilavermaydi. Aksiya aynan shu boradagi huquqiy bilimlarni oshirishga qaratildi.

Tadbir ikki yo‘nalishda tashkil etildi. Davra suhbatida mutaxassislar iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik, tovar va xizmatlar sifati, iste’molchilarning huquq hamda majburiyatlari, huquqbuzarlik holatlarida murojaat qilish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Individual qabullar davomida esa yuristlar fuqarolarning murojaatlarini tinglab, ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha bepul huquqiy maslahat va amaliy tavsiyalar taqdim etdi.

Bunday aksiyalar fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, iste’molchi sifatidagi qonuniy manfaatlarini anglash va buzilgan huquqlarini himoya qilish imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishiga ko‘maklashadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun