O‘quv markazi uchun subsidiya ajratiladi

Date:

Bugungi kunda nazarimizda repititorga bormasdan turib, oliygohga o‘qishga kirish mumkin emasdek. Bu qonuniyat misoli ongimizga o‘rnashdi-yu, farzandarimizni maktabdan keyin majburiy tarzda repititorga qo‘yishni “moda”ga aylantirdik. To‘g‘ri, hozir aytmoqchi bo‘lganimiz bu haqida emas. Shaharda yashovchilar uchun repititor tanlash muammo emasdir, chunki u o‘quv markazining ta’lim berishidan qoniqmayapmizmi, boshqasiga borish mumkin. Ammo, tumanlarda, chekka-chekka hududlarda na o‘quv markazi va na malakali mutaxassisni topa olamiz.
Yangilik sifatida aytish mumkinki, my.gov.uz portalida o‘quv markazi ochish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi. Bu bilan esa yoshlar repititor izlab, shaharga yoki tuman markazlariga uzoq masofa yo‘l bosib qatnashlariga hojat qoldirmaydi. Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘rgatuvchi o‘quv markazi ochmoqchi bo‘lganlar my.gov.uz portali orqali subsidiya olish uchun ariza qoldirishlari mumkin. Talabgorlar 10-iyulga qadar «Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bu turdagi subsidiya bino va o‘quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga, zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to‘lashga ajratiladi.
Buning uchun esa 2 yilga mo‘ljallangan biznes reja tuzish, mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to‘g‘risida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari, pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari, pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari, ta’lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o‘quv xonalarining ijara shartnomasi talaba etiladi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limda raqamli imkoniyatlar va zamonaviy metodika

Etcetera Termiz davlat pedagogika institutida “Madaniyatlararo va raqamli ta’lim sharoitida...

Ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashadi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida A3ES xalqaro...

Shahrizoda va Sofiya Malayziyaga boradi

iTISU Cambridge International School o‘quvchilari xalqaro miqyosdagi 9th Writing...

Yosh sportchilar bilan motivatsion uchrashuv

Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga UFC...
KunTun
KunTun