Jahon kubogiga yo‘llanma tayin

Date:

Sportning qaysi turi bo‘lmasin, jismonan chiniqish talab etiladi. Yillar davomida shug‘ullanib, ko‘zlagan natijaga erishiladi. Ammo, hamma sport turi ham jismoniy kuch emas, balki aqliy salohiyat talab etadi. Bu shaxmat. Shaxmat sport turning qoidalarini, yurish usullarini o‘rgangan sayin aql chiniqadi. Yurishda uddaburonlik qilib, raqibni mot qilish mumkin.
Surxondaryolik yosh shaxmatchi Shamsiddin Vohidov ham ana shunday uddaburon va shaxmatda muvaffaqiyatga erishgan yoshlardan. Uning bu galgi sinovi Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati bo‘ldi.
Albatta, o‘z yurtining mohir shaxmatchilari jam bo‘lgan chempionatda shaxmat donalarini surish oson emas. Shu sababli ham o‘yin shaxmatchilardan katta mahorat talab etdi. Aytish kerakki, Shamsiddin chempionatning standart yo‘nalishida 9 imkoniyatdan 7 ochko to‘play oldi va Osiyo chempioni bo‘ldi.
Quvonarlisi, bu muvaffaqiyat Shamsiddinga joriy yilning 29-iyul-25-avgust kunlari Ozarbayjonning Baku shahri mezbonlik qiladigan Jahon kubogiga ishtirok etish imkoniyatini berdi.

Hilol

Oldingi sahifaOtalar…
Keyingi sahifaXalq mehrini qozonib…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun