Xalq mehrini qozonib…

Date:

Kimdir qiyin vaziyatga tushib qolganda yoki tabiatga zarar yetkazishayotda, xullas ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda beminnat yordam ko‘rsatuvchilar ham bor. Ular volontyorlardir. Kimgadir yordam berishdan ularga nima naf, qanday manfaatdorlik bor dersiz. Ammo, hamma ham amalga oshirajak ishini manfaat yoki ta’ma ilinjida qilmaydi. Ayni shuning uchun ham vonotyorlik harakati xalq mehrini qozonib kelmoqda.


Aytish kerakki, volontyorlar ham ma’lum bilim va ko‘nikmalarni olmog‘i lozim. O‘z faoliyati davomida ana shu bilimlardan foydalanmog‘i uchun ham bu muhim. Shu sababdan volontyorlik kurslari tashkil etilib, ko‘ngilli yoshlar o‘qitilgan edi. Qisqa davr ichida ular ushbu kursni tamomladilar. Termiz davlat universiteti binosida volontyorlik kursi bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev va O‘zbekiston volontyorlari assotsiyatsiyasi direktori Shirin Abidova, volontyor yoshlar vakillari qatnashdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi va Termiz shahar hokimligi o‘rtasida memorandum imzolandi. Tadbir yakunida volontyor yoshlarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 NAFAR FARZANDGA BAYRAM TUHFASI

Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan Termiz shahrida ijtimoiy ko‘makka muhtoj...

Moda yoʻlida dadil qadam

Samarqand viloyati Yoshlar markazida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo...

MEHNAT VA TASHABBUS E’TIROFI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan el-yurt...

Kampirtepada turizm infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov “Oks Aleksandriyasi” (Kampirtepa) arxeologiya...
KunTun
KunTun