Rejani katta olib…

Date:

Ayni pilla mavsumi boshlanishi bilan pillakorlar uchun ish jarayoni qizg‘in tus oladi. Bir yoki bir necha quti bo‘lgan ipak qurti bir qarashda ozdek tuyilishi mumkin, ammo mehnati-yu mashaqqati pillakordan yaxshigina qarovni talab etadi.

Angor tumanidagi “Zartepa” mahallasida yashovchi Norxol Shoto‘rayeva ham tajribali va mohir pillakorlardan. Mavsumni 3 quti ipak qurtini olib boshladi. Bir o‘zi emas, oila a’zolari bilan birgalikda mitti jonivorlarga qarashdi. Kun-u tun yetarli oziq bilan ta’minlashdi. Qarabsizki, bir oy deganda ipak qurti g‘umbak to‘qib, mo‘l hosil yetishtirdilar. Norxol opa va oila a’zolarini quvontiradigan jihat, bu safar o‘tgan yilgidan ko‘ra hosil barakali bo‘lgani bo‘ldi.

Aytish kerakki, angorliklarning pillachilik bo‘yicha o‘ziga xos tajriba maktabi mavjud. Shu sababdan ham ular rejani katta olib, joriy yil mavsumda 2 ming 715 quti ipak qurti parvarishlashdi. Maqsad esa 157 tonna pilla olishdir. Kutamiz va kuzatamiz, umid qilamizki, angorliklar rejani ortig‘i bilan bajarishadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun