3-SEKTORDA QUYON TARQATILDI

Date:

Qo‘y yoki sigir boqishni, ko‘paytirishni afzal bilamiz. Bu biznes ham allaqachon ommalashgan. Sababi go‘shtga talab anchayin yuqori. Quyonchilikka esa ha-deganda qo‘l uraverilmagani uchunmi, quyon go‘shtini topish qiyinroq.
Aslida quyonchilik daromad topish ilinjida yurgan inson uchun yaxshi imkoniyat. Bu biznes ko‘p darom talab qilmaydi, ammo tez ko‘payib, tezda og‘irlik yig‘adigan quyonlar qisqa muddatda cho‘ntaklarni qappaytirishi aniq. Qumqo‘rg‘on tumanidagi 3-sektor hududida aholi bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, ehtiyojmand qatlamni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayrli tashabbusga qo‘l urildi.
Tumanning G‘alaba, To‘da, Islomobod mahallalarida yashovchi 40 nafar ishsiz xotin-qiz va uyushmagan ishsiz yoshga subsidiya asosida 400 ta quyon tarqatildi. Endi ular o‘z xonadonida quyon boqib ko‘paytirishlari, go‘shtini sotib ham foyda ko‘rishlari mumkin.
Tuman IIB boshlig‘i N. Narzullayev fuqarolar bilan suhbat chog‘ida quyonchillikni rivojlantirish borasida bu kabi tadbirlar davom etishi, bu orqali oilalar daromadini oshirish, ularning bandligi ta’minlanishini maqsad qilgan.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun