“Milliy liboslarimiz – qadriyatimiz ko‘zgusi”

Date:

Aziza zamon bilan hamnafas yashashni xush ko‘radi. Bu esa uning yashash tarzida, yurish-turishida, kiyinishida aks etadi. Ha, undan bu borada fikr so‘rasangiz, eng to‘g‘ri maslahat va tavsiyani bera oladi. U Termiz arxeologiya muzeyida tashkil etilgan “Milliy liboslarimiz – qadriyatimiz ko‘zgusi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbirida bo‘lib, milliy liboslar namoyishini tomosha qildi-yu, kiyinish borasidagi fikrlari tamoman o‘zgardi. Aziza endi garderobini zamonaviy liboslariga milliylik bilan zeb berish borasida o‘ylab qoldi.

Haqiqatan ham milliy liboslar namoyishi Aziza yanglig‘ ko‘plab yoshlarning qarashlarini o‘zgartirib yuborgan, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni eslatish orqali udumlarimizga nisbatab mehr uyg‘otishga xizmat qilgan bo‘lsa, ajab emas.


Tadbir Surxon vohasi milliy liboslari namoyishi bilan cheklanmadi, Alpomish va Barchinoyning sahnaga chiqib kelishi barchaning e’tiborini tortdi. “Shalola”, “Jayhun” etnografik ansambllari chiqishlari va estrada hushovoz xonandalarining ijrolari, sho‘x kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarga zavq-u shavq ulashdi, raqsga chorladi. Milliyligimiz tarannum etgan har bir chiqish voha ahlini quvontirdi, kechagi kun bilan yuzlashtirib, qadriyatlarimizning qadr topishiga xizmat qildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun