Muammo bartaraf etiladi

Date:

“Yashil dunyo” markaziy dehqon bozori, uning atrofidagi katta-kichik savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, qolaversa, 7 qavatli turar joy binolarining qad rostlagani kishida Termiz shahrida kichik bir shaharcha bunyod etilgandek taassurot uyg‘otadi. Vohaning shahar-u tumanlaridan, qishloq va ovullaridan kelganlar ayni shu shaharchadan uy xarid qilib, qo‘nim topishni istashlari ham sir emas. Doimiy ehtiyojlarimiz sabab uzoqmi, yaqinmi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozoriga yo‘l olamiz.


Bozor-o‘char qilish davomida odamlar va savdogarlar bilan gavjum nuqtada biz ham g‘arq bo‘lamiz-da, kerakli narsalarimizning xaridiga oshiqamiz. Ammo, bozor hududida joylashgan 3 qavatli binoning asosiy qismi qurilganidan buyon foydalanilmasdan kelinayotgani mahalliy aholini qiziqtirar, ammo bu mazkur binodan do‘kon xarid qilgan tadbirkorlar iqtisodiga hamda bozor rivojiga katta zarar keltirishi turgan gap. To‘g‘ri-da, savdo do‘konlari bo‘lsa-da, ammo bu yerda faoliyat yuritishning imkoni bo‘lmasa, tadbirkorlar bozor atrofidagi yo‘llarda tartibsiz holda savdo qilishga majbur bo‘lishsa…
Ushbu masalani hal etish va bozor iqtisodiyotini bir maromda ketishiga erishish lozim. Masalani joyida hal etish maqsadida viloyat hokimi U.Qosimov mazkur binoda do‘konlari bo‘lgan va yoyma savdo qilayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida do‘konlarning faoliyat yuritmaslik sabablari o‘rganildi. Masʼullarga mavjud muammolarni hal etish, do‘konlarni ishga tushirish, bozor atrofida yoyma savdo bilan shug‘ullanuvchilar uchun mazkur bino yerto‘lasidagi maydonda faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoit yaratish topshirig‘i berildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun