Umid va ishonch uyg‘otib…

Date:

Albatta, kechirimlilik eng oliy qadriyat. Xato qilib, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganlarga nisbatan xalqimiz doimo ikkinchi imkonni beradi. Bu imkon esa ana shunday kimsalarning yangi hayot boshlashlariga umid va ishonch uyg‘otadi. Hech kim bilib turib o‘zini chohga itarmaydi yoki jinoyatga qo‘l urmaydi. Ammo, nima bo‘lganda ham bunday xatti-harakatni oqlab bo‘lmaydi…
Sherobod tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov tumandagi bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan profilaktika nazoratida turgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Suhbat davomida 2 nafar probatsiya nazoratida turgan yosh mehnatga halol munosabatda bo‘lib, halollik yo‘liga o‘tganligi munosabati bilan IIB boshlig‘i tomonidan insonparvarlik tamoyili asosida ushbu fuqarolarni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish maqsadida sudga taqdimnoma kiritildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun