Umra safari farzlarini ado etishdi

Date:

Haj safida bo‘lib, musulmonlik amallarini bajo keltirishni har bir mo‘min-musulmon kishi istaydi. Ammo, hamma ham bu imkonga ega emas. Prezidentimizning joriy yilda Buxoro viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar vakillarini 2023-yil ramazon mavsumida bepul “Umra” ziyoratiga yuborish belgilangan edi. Shu munosabat bilan muborak oy arafasida Sariosiyo tumanidagi bir guruh vohadoshlarimizga Umra safariga yo‘llanmalar topshirilib, ular ham muborak safarida bo‘lishdi va islomiy amallarni bajarib, ziyoratdan qaytishdi.
Ha, Umra safaridan qaytgan hoji ona va hoji bobolarning yuz-ko‘zlarida shukronalik sevinchi mujassam. Ular ona vatanga sog‘-omon qaytganidan benihoya mamnun holda o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdan to‘xtashayotgani yo‘q. Sariosiyo tuman hokimligi, qolaversa, hojilarning yaqinlari ishtirokida ziyoratchilar hurmat va ehtirom ila kutib olindi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun