Muzrabotda respublikada birinchi bo‘lib piyoz yetishtirildi

Date:

Kundalik iste’molimizda sevimli bo‘lmasa-da, zaruriy mahsulot hisoblanadigan piyozsiz qozon qaynamaydi. Qaynasa ham taomning mazasida uning yo‘qligi yaqqol sezilib turadi. Shuning uchun ham bekajonlar osh-ovqatni piyozsiz tasavvur qila olmaydi.
O‘zi achchiq bo‘lsa ham inson salomatligi uchun nihoyatda foydali hisoblanadigan piyoz mahsulotini bir necha yillardan beri ertachi yetishtirib, mo‘l hosil olayotgan muzrabotliklar bu yil har galgidanda ushbu mahsulotni mahalliy bozor rastalariga terib qo‘ya oldi.
Narxi qimmat, ammo foydasi serob piyoz yetishtirishning hadisini olgan dehqonlarning mirishkorligi, ishbilarmonligi xonadonlarga barakali daromad keltirmoqda.
Muzrabot tumanida respublikamizda birinchilardan boʻlib piyoz pishib yetildi. Tumanning “Mehnatobod” mahallasida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida piyoz yetishtirilib eksport va mahalliy bozorlarimizga chiqarilmoqda.
Ayni kunlarda mahallada yigʻim-terim ishlari avjida.
Ma’lumot uchun: C, B6 vitamini, foliy kislotasi va kaliyga boy bo‘lgan piyozda, shuningdek, kletchatkaning ham koni. Asosiysi, tuz va ta’m kuchaytirgichlarsiz ham taomni mazali bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
Tabiiy birikmalar manbasi bo‘lgan piyoz yallig‘lanish jarayoni, qolaversa, qondagi xolesterin miqdorini ham kamaytiradi. Ayniqsa, qizil piyoz tarkibida mo‘l bo‘lgan polifenol kversetin qon bosimini pasayishiga yordam beradi.
Shuningdek, piyozdagi fitokimyoviy modda, immunitetni mustahkamlab, virus va bakteriyalardan himoya qiluvchi oqsillarning ajralishini jadallashtiradi.
Piyoz tarkibidagi antioksidantlar nafaqat yallig‘lanishga qarshi, balki saratonning ayrim turlarini kelib chiqish xavfini kamaytirish xususiyatiga ham ega. 2014-yilda chop etilgan tadqiqotda piyoz iste’mol qilish oshqozon va yo‘g‘on ichaklar saratonining xavfini kamaytirishi aytilgan.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun