7 ming gektarga sholi

Date:

Janub gavhari bo‘lmish Surxon vohasining har bir hududi o‘ziga xos, tabiati, iqlimi, yer unumdorligi jihatidan kelib chiqib mahsulot yetishtirish mumkin. Ayniqsa, suv masalasida muammo yo‘qligi mo‘l-ko‘l hosil garovi bo‘lib xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha har bir hududning ixtisoslashuvi haqida gap ketganda turgan gapki, Muzrabot deganda sholikorlik yodimizga tushadi. Muzrabot guruchlarining sifati, navlari, qolaversa, narx jihatidan ham aholi uchun qulay.
Sholichilikni yanada kengaytirish maqsadida Muzrabot tumanida “SCT cluster sholi” MCHJ tomonidan Amudaryo qirg‘oqlaridagi 20,1 ming gektar yer maydonida sholi yetishtirish va qayta ishlash loyihasi amalga oshirilayotganidan xabardormiz. Ana shunday ishlarning davomi sifatida yangidan ochilib, o‘zlashtirilayotgan yer maydonlarining birinchi bosqichi ekin ekishga tayyorlanayotir. Birinchi bosqichda 7 ming gektar maydonni sholi ekishga tayyorlash uchun 100 ga yaqin traktor va maxsus texnikalar yordamida shudgorlash, lazerli tekislash, ariq-zovurlarni tozalash kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qolgan 13,1 ming gektar maydonda esa begona o‘tlardan tozalash, tekislash va shudgorlashga tayyorlash ishlari qizg‘in tus olgan. Surxondaryo viloyat rahbari jarayonlarni ko‘zdan kechirdi. Ishlarni jadallashtirish, qolgan maydonlarni ham ekin ekishga tayyorlash bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun