“Bektepa”da ichimlik suv taʼminoti yaxshilanadi

Date:

Qaysi sohaga boqmaylik, tinimsiz o‘zgarish va yangilanishlar ketayotgan bo‘ladi. Albatta, har bir islohot, amalga oshirilayotgan ishlar negizida xalq manfaati, turmush farovonligini yaxshilash yotadi. Xolbuki, ana shu ishlar o‘z vaqtida amalga oshsagina foydali, aks holda…
Bandixon tumanning “Bektepa” mahallasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv minorasidan tarmoq tortilishi rejalashtirilgan va bu bo‘yicha amaliy harakatlar boshlab yuborilgan edi. 1 kilometrdan ortiq tarmoq tortilib, ishlar to‘xtab qolganligi uchun suv minorasidan foydalanishga ruxsat berilmagandi. Natijada esa aholini ichimlik suvi masalasi hal etilmasdan kelayotgan edi.
Bandixon tumanida bo‘lgan viloyat hokimi joylarda amalga oshirilayotgan loyihalar, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish ishlarini kuzata turib, tashkil etilayotgan Kichik sanoat zonasida bo‘ldi. Mavjud muammolarni o‘rganib, hududdagi ichimlik suvi masalasida fuqarolar bilan muloqot qildi. Viloyar rahbarining qat’iy topshirig‘iga asosan tarmoq tortish ishlari yakuniga yetkazilib, qisqa fursatlarda aholi ichimlik suvi bilan taʼminlanadigan bo‘ldi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun