30 ta yo‘nalishda…

Date:

Ishsiz, ammo ish qidirib yurgan angorliklar o‘zlarini band qilish uchun qayerga murojaat qilishni yaxshi bilishadi. Tumanning “Madaniyat” mahallasida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkaziga borishadi. Qarabsizki, muammo hal. Mutaxassislar siz haqingizda ma’lumotlar bazasini shakllantira turib, layoqatingizni hisobga olib, u yoki bu ishni taklif etishadi. Jilla qursa, qiziqish va ishtiyoqingizga qarab monomarkazdagi birorta kasb-hunarga o‘qishingizni tavsiya etishadi. Qisqa muddatda esa o‘zingiz istagan kasb yo hunar sirlarini egallab, mustaqil faoliyatingizni boshlashingiz mumkin.

Aytish kerakki, 2021-yildan buyon o‘z faoliyatini boshlagan “Ishga marhamat” monomarkazida hozirda 30 ta yo‘nalishda kasb-hunar o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. Markaz ishsiz, band bo‘lmagan, kasb-hunar o‘rganishga ehtiyoji bo‘lgan aholiga xizmat ko‘rsatadi.
Surxondaryo viloyat hokimi Angor tumaniga tashrifning keyingi manzilida “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishdi. Ishsiz fuqarolar, yoshlarga kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan sharoitlar, kurslarning borishi, o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonlarini ko‘zdan kechirib, kasb-hunar sirlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Ularning markazda yaratilgan sharoitlar, kurslardagi o‘qitish sifati haqidagi fikrlarini tingladi.

Viloyat hokimining tavsiyasi bilan endilikda kadrlar yetishmovchiligi mavjud soha va yo‘nalishlarda kurslar tashkil etilib, har bir bitiruvchining kasb-hunarni puxta egallashi va kelgusida ishga joylashishi taʼminlanadigan bo‘ldi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun