TA’TIL MAZMUNLI TASHKIL ETILMOQDA…

Date:

Mazmunli dam, mehnatga hamdam deyishadi. Ayni ta’til kunlari o‘quvchi-yoshlar uchun nafaqat uy yumushlari, balki o‘z ustida ishlash, mazmunli xordiq chiqarish onlari ham bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina navbatdagi choraklik katta ishtiyoq bilan boshlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-dekabrdagi “Yoshlar turizmi haftaligi doirasida tadbirlami tashkil etish va o‘tkazish to‘grisida”gi majlis bayonining ijrosiga ko‘ra ta’til kunlari Yoshlar turizmi haftaligi tashkil etilishi belgilangan. Joylarda esa ushbu haftalik doirasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Angor tumanidagi 25-sonli maktab o‘quvchilari viloyatimizning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari, shuningdek, arxeologiya muzeyi va hayvonot bogig‘a tashrif buyurishdi.

Uzunlik yoshlar ham bu borada tashabbusni qo‘ldan boy berishmadi. Tumandagi 12-sonli umumtaʼlim maktabining bir guruh o‘quvchilari va o‘qituvchilari esa Samarqandga yo‘l olishdi. Qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirishib, olam-olam taassurotlar olishdi. Samarqand shahrining tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari, tarixdan so‘zlovchi muzeyilariga tashrif unutilmas va bir umr xotiralarda saqlanadigan bo‘ldi. O‘quvchilar o‘zlari uchun ko‘plab maʼlumotlar olishdi, bilim va ko‘nikmalarini oshirib, dunyoqarashlarini kengaytirishdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Menda savol bor?

Qaysi holatlarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish mumkin?—...

“Men buni uddalay olaman”

Hayot — bu turli sinovlar va imkoniyatlarga to‘la daryoga...

Metodik mahorat muhim

Maktabgacha ta’lim tizimi — bolalarning o‘qish, rivojlanish va tarbiya...

Ziyoratga olib boruvchi yo‘l obodonlashtirilmoqda

Yurtimizning qay bir hududiga bormang, qadimiy ziyoratgohlar, ularning nomlanishi,...
KunTun
KunTun