“XAVFSIZ HAYOT UCHUN”

Date:

Illatlar ildiz otmasligi uchun yoshlar o‘z hayotini tartibga keltirishi, vaqtini to‘g‘ri taqsimlab, foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina jamiyatda huquqbuzarlik va illatlarga qarshi kurashishga hojat qolmaydi. Huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning yuzaga kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan dasturlar doirasida Sho‘rchi tumanida “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida yugurish marafoni start oldi.
Marafonda barcha mahallalardan uch yuz nafardan ziyod ko‘ngilli yosh ishtirok etdi. Jarayon qiziqarli va maroqli bo‘ldi. Asqar Sultonov o‘g‘il bolalar ichida birinchi bo‘lib, finish chizig‘ini bosib o‘tgan bo‘lsa, Safarali Rajapov 2-, Abdunazar Ochildiyev 3-bo‘lib yetib keldi.
Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan marafon ham shiddatli kechdi. 3-o‘rin Mehriniso Boyqobilovaga, 2-o‘rin Jasmina Qarshiyevaga nasib etdi. Madina Safarovaga yetadigani topilmay, u 1-o‘rinni zabt etdi.
Albatta, ishtirok va faollik munosib rag‘bat topsagina, yoshlarga motivatsiya bo‘ladi. Shu ma’noda marafonda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Hilola Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun