O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv (https://president.uz/uz/lists/view/6049) o‘tkazdi.

Date:

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisiga ushbu mamlakatning janubi-sharqiy muzofotlarida o‘tgan oyda ro‘y bergan vayronkor zilzilalar munosabati bilan shaxsan chuqur hamdardlik bildirdi. Jabr ko‘rgan muzofotlarni qayta tiklash va yangi infratuzilmani barpo etish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Turkiya Prezidenti, o‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ko‘rsatgan birodarlik yordami, qutqaruv ishlaridagi faol ishtiroki va jabrlanganlarga insonparvarlik ko‘magi uchun yana bir bor samimiy minnatdorlik bildirdi.

Turkiy davlatlar tashkilotining bugun bo‘lib o‘tadigan favqulodda sammiti tashkilotdagi mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlik va birodarlik rishtalarining yorqin ifodasi bo‘lishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining rivojlanish surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, o‘tgan yili 370 ta yangi korxona tashkil etildi. Keyingi olti yilda Turkiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalari hajmi 3,5 milliard dollarni tashkil etdi. Energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, yengil sanoat va boshqa sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, shu jumladan Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbarlarining uchrashuvi har doimgidek ochiq, ishonchli va do‘stona muhitda o‘tdi.

Yakunda Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda yangi hayot nafasi

Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari nafaqat shahar qiyofasini...

103 xizmati faoliyati raqamlarda

Termiz davlat universiteti qoshida 103 xizmati yo’lgan qo’yilgan. Ushbu...

Yong‘in-qutqaruv salohiyati yangi bosqichda

Aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga...

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...
KunTun
KunTun