Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Date:

Ismoilov Farxodjon Voxobovich Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 1970-yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2002-yilda Toshkent davlat yuridik instituti tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhandis, huquqshunos.

F.Ismoilov mehnat faoliyati davomida Farg‘ona shahar sudi sud ijrochisi va prokuratura organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yildan buyon Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun