…“bosib o‘tilgan yo‘l” uchun haq to‘laysiz

Date:

Avtobusga chiqishingiz bilan kunning bosh mavzusi har qadamda to‘xtatishga odatlangan yo‘lovchilarni tanqid qilish bilan boshlanadi. vaziyatga qarab muhokamalar davom etaveradi… Termiz shahri ichida yo‘l kira haqi 1500 so‘m, ba’zan yo‘lovchilar orasida 500 so‘mlik tanga topilmay qolsa, ba’zan haydovchi qaytim qaytara olmaydi. Bu bilan hisob teng deyishingiz mumkin. Ammo, yo‘l haqini to‘liq ololmagan haydovchining jig‘ibiyroni oshadi: odamlar 1500 so‘mni berishga qiynalishadi. Xolbuki, Toshkentda yashasin, yo‘l kira haqi falon so‘m deya qo‘shimcha ham qiladi. Shu o‘rinda Toshkentdek azim shahardagi avtobuslar tumanlar kesimida harakatlanishini, Termiz shahri ichida esa masofa qisqa ekanini o‘ylab ko‘rishsa edi.
Bu ham mayli Prezidentimiz tomonidan 16.02.2023-yilda qabul qilingan “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-sonli qarorga asosan yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi degani. Qolaversa, tashuvchilar bilan hisob-kitoblar “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Yo‘lkira haqini kunlik yig‘ish reja-topshirig‘ini belgilash amaliyoti bekor qilinadi. Ushbu tizim bosqichma-bosqich, ya’ni Toshkent shahrida 2023-yil 15 apreldan, Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida 2024-yil 1-yanvardan, Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida esa 2024-yil 1-iyundan ishga tushiriladi.


S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun