Davlat fuqarolik xizmatchilari malaka oshirdi

Date:

Davlat fuqarolik xizmatining samarali faoliyat yuritilishi avvalambor, uni harakatga keltirib turgan insonlarga bevosita bog‘liq. Afsuski, baʼzida davlat fuqarolik xizmatchilarini tanlash, tayyorlash, o‘qitish, ularning malakasini oshirish va motivatsiya berish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmaganligi, davlat xizmatchilarining yetarli tarzda kompetentli emasligi bugungi kunda ijro organlarida oqsoqliklar yuzaga keltirmoqda.
Davlat fuqarolik xizmatchisining kompetentligi qanday oshiriladi? Albatta, ularni o‘qitish, tayyorlash va malakasini oshirish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunining bir nechta moddalarida davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, shu jumladan, malaka oshirishi yuzasidan normalar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan 2022-yil davomida Surxondaryo viloyati bo‘yicha 5131 nafar davlat fuqarolik xizmatchisining anʼanaviy va masofaviy shaklda malakasi oshirildi. Bu viloyat bo‘yicha jami davlat fuqarolik xizmatchilarining 67 foizini tashkil etadi. Jumladan, yil davomida 430 nafar o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlari Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi Qarshi hududiy filialida 60 soatlik malaka oshirish kurslarida bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishdi. Ushbu ko‘rsatkich viloyatdagi jami rahbarlarning 57 foizini tashkil etadi.
Ushbu o‘quv kurslarida tinglovchilarga nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unlashgan holda o‘rgatilib, ularning davlat organi vakolatlarini lozim darajada amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalari rivojlantirilib borilmoqda.
Anʼanaviy malaka oshirish kurslaridan tashqari, Agentlik tashabbusi bilan 2022-yildan eʼtiboran Bosh ilmiy metodik markazning masofaviy malaka oshirish platformasi (BIMM) orqali 50 soatlik o‘quv kurslari tashkil etildi. O‘tgan yil mazkur masofaviy malaka oshirish kurslarida viloyat bo‘yicha 3694 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi malaka oshirdi. Jumladan, 60 nafar tuman (shahar) sektor rahbari, 92 nafar hokim o‘rinbosarlari, 77 nafar milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan rahbar, 69 nafar salohiyatli kadrlar rezerviga kiritilgan nomzodlar (mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar faollari), 35 nafar “Kelajak liderlari” klubi aʼzolari hamda davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining xodimlari malaka oshirib, sertifikatga ega bo‘ldi.
Qolaversa, Agentlik tomonidan davlat xizmatchilari uchun ilm.argos.uz elektron platformasi ishga tushirilgan bo‘lib, unda ham davlatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida dolzarb bo‘lgan mavzularda taqdimot va video darslar yuklab boriladi.
Tashkilotdagi inson resurslari ishda unumdorlikka erishish maqsadida o‘z ustida tinimsiz ishlashi, shaxsiy va kasbiy rivojlanish ish rejalarini tuzib, ularga amal qilish choralarini ko‘rishi lozim.


Akram Shukurov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘limi yetakchi inspektori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Menda savol bor?

Qaysi holatlarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish mumkin?—...

“Men buni uddalay olaman”

Hayot — bu turli sinovlar va imkoniyatlarga to‘la daryoga...

Metodik mahorat muhim

Maktabgacha ta’lim tizimi — bolalarning o‘qish, rivojlanish va tarbiya...

Ziyoratga olib boruvchi yo‘l obodonlashtirilmoqda

Yurtimizning qay bir hududiga bormang, qadimiy ziyoratgohlar, ularning nomlanishi,...
KunTun
KunTun