Uzoq umr ko‘ray desangiz…

Date:

Amerika davlatlarida ortiqcha vazndan azob chekuvchilar soni ko‘p. Bunga sabab esa noto‘g‘ri ovqatlanish. Ayniqsa, fast foodlarga ruju qo‘yish. To‘g‘ri, vaqt tig‘iz. Har soniyani pul bilan chaqadigan bu davlatning odamlari ovqatlanish uchun soatlab vaqt ketkazishni istamaydi, tez tayyor bo‘lguvchi taomlarga murojaat qilishadi. Yevropa davlatlarida esa tamoman aksi. Fransiyada xodimlarning tushligi uchun 2 soat vaqt ajratilar ekan. Fransuzlar ovqatlanish tartibiga qat’iy rioya qilishadi. Shu sababdanmi, fransuzlar deganda bo‘ydor va ozg‘in millat vakillari ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi.
Sog‘lom turmush tarzi sport bilan mashg‘ul bo‘lish bilan kifoyalanmaydi. Balki sog‘lom ovqatlanish, vitamin va oqsilga boy mahsulotlarni ma’qul ko‘rish eng to‘g‘ri yo‘l. Xolbuki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga ko‘ra jismoniy faollik hamda ovqatlanish meʼyor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish, shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar isteʼmol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik natijasida hazm qilish faoliyatini buzib qo‘yish hech gap emas. Tartibsiz, noto‘g‘ri ovqatlanish esa kasalliklarga olib keladi. Shu boisdan Denov tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Zulfiya Allamurodova boshchiligida mahallalar hududlarida joylashgan shifoxonalarda faoliyat yuritayotgan shifokorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda. Muloqotdan ko‘zlangan maqsad esa aholi salomatligini saqlash va turmush sharoitida to‘g‘ri ovqatlanishi borasida uchrashuvlar va suhbatlar olib borishlari bo‘yicha fikr-mulohazalar olib borishdir.


Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun