Jazoni o‘tash davrida bajarilgan ish — ish stajiga qo‘shiladi

Date:

Mahkumlik inson hayoti davomida bilib va bilmay qilgan qilmishining jazosini o‘taydigan muddat. Bu muddat mahkumga kerakli xulosa chiqarishga xizmat qilishi, tuzalish yo‘liga o‘tishi uchun saboq bo‘lishi lozim. Jazoni o‘tash paytida ham mahkumlar qandaydir yumush bilan mashg‘ul bo‘ladi. Agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–817, 15.02.2022 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning ana shu kabi ba’zi huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash davrida bajaradigan har qanday ishi, shuningdek, “Jinoyat-ijroiya kodeksi”ga mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganligini aniqlash mezonlari kiritildi.
Mahkumning mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, ongli ravishda mustaqil ishlash ko‘nikmalarining shakllanganligi, o‘qishga va kasb-hunar o‘rganishga qiziqishi, jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlardagi ishtiroki, tashabbusi, boshqa mahkumlarga ibrat bo‘lishga intilishi komissiya tomonidan har chorak yakunlariga ko‘ra mahkumni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish to‘g‘risidagi xulosa komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi va mahkumning shaxsiy yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.

Manbalar asosida H.Kamolova tayyorladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun