Bobur hayotiga bag‘ishlangan 30 qismli serial suratga olinadi

Date:

O‘zbek kinosida avvaliga Jaloliddin Manguberdi, endi esa Bobur davri boshlanayotgandek. Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, shaxsiyati ajoyib kino bo‘lgulik va tarixga muhrlangulik qimmatga ega. Faqat ana shunday durdona asarni yarata olish lozim. To‘g‘ri, buyuk ajdodimiz haqida avval ham serial suratga olingan. Bu yo‘ldagi yana bir qadam — Kinematografiya agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida suratga olingan Zahiriddin Muhammad Bobur hujjatli filmidir.
Filmning ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Bobur Sher o‘g‘li, postanovkachi operator Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Sanʼat Kenjayev, prodyuser Xurshid Alixo‘jayev. Ayni paytda kinorejissyor Bobur Sher o‘g‘li Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining hayotiga bag‘ishlangan 30 qismdan iborat kinoserial ustida ishlayapti.
Umid qilamizki, ushbu serial Bobur bobomizning ichki dunyosini, dard-u qayg‘ularini ekran yuziga chiqarib, tomoshabinlar ko‘nglidan munosib joy olishga muvaffaq bo‘ladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun