“Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilining amaldagi ifodasi

Date:

Sherobod tumanidagi “Qulluqsho” mahallasi ahli chorvachilik bo‘yicha boy tajribaga ega. Qaysi xonadonga bosh suqmang, og‘ilxonasida qo‘y-sigirga ko‘zingiz tushadi. Bir so‘z bilan aytganda, chorava mollari xonadonga qut-baraka olib keladi. Qulluqsholiklar esa bu fikrlarimizni darrov ma’qullashadi. Sababi, ular o‘z hayotiy tajribalari misolida bunga amin bo‘lishgan.
Ushbu mahallaning Mustaqillik ko‘chasida yashovchi Qahramon Allado‘stov o‘z xonadonida 100 boshga yaqin chorva mollarini boqib kelmoqda. Yillar davomida bu ishidan foyda olsa-oldiki, aslo zarar ko‘rmadi. Oilaviy byudjetiga orttirganlarini jamg‘ardi, to‘y qilib elga osh berdi. Mehnati halololligidan esa rizqi butun.
Surxondaryo viloyat hokimi tumanlar kesimida o‘rganish ishlarini olib borayotib, yo‘li Sherobod tumaniga tushganida “Qulluqsho” mahallasida bo‘ldi. Xonadonma-xonadon kezib, Qahramon Allado‘stov va uning mahalladoshlarining mashg‘ulotlari bilan qiziqdi. Mahalla ahlining chorvachilikdagi boy tajribasi bilan tanishib, mahallalarning ixtisoslashuviga qarab “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yishlari orqali aholi bandligini ta’minlash va turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga kerakli topshiriqlarni berar ekan, “Qulluqsho” mahallasini aynan chorvachilik bo‘yicha ixtisoslashtirish lozimligini ta’kidladi.
Shuningdek, viloyat hokimi “Nurtepa” mahallasidagi 20 gektar yer maydonini dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun auksion orqali 30 yil muddatga ijaraga olgan 103 nafar fuqaro bilan ham uchrashdi. Yerni boqsang, yer seni boqadi deyishganidek, har bir fuqaro har qarich yerdan unumli foydalansagina, mo‘l hosil olishlari lozimligi uqtirildi.
Yer sohibiga aylangan fuqarolarning esa kelgusida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari katta. Dehqonchilikdan mo‘l hosil olib, oilasiga qo‘shimcha daromad keltirish ishtiyoqida yonishmoqda.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun