1 ming 880 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi

Date:

Fuqarolarning bandligi ta’minlanar ekan, har qanday muammo o‘z-o‘zidan yechim topadi. Shu sababdan ham ishsizlikka barham berish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlarini yaratish davlat miqyosidagi masala hisoblanadi. Sherobod tumanini ham ishsizlikdan holi hududga aylantirish lozim. Bu bo‘yicha esa kerakli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ayni rejaga ko‘ra joriy yil yakuniga qadar tumanda faoliyat yuritayotgan “Sherobod tekstil” MJChga 300 nafar, “Sherobod agro impeks” MChJga 200 nafar, haq to‘lanadigan jamoat ishlari orqali 200 nafar hamda boshqa tashkilotlarga 480 nafar, shuningdek, BAA davlatining “Masdar” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan quyosh foto elektr stansiyasi loyihasi doirasida 500 nafar, jami 1 ming 880 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi.
Hali bu hammasi emas. Tumanda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar ko‘p. Bu loyihalarning ishga tushirilishi natijasida yana qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Va ishsizlikka barham beriladi, deya ishonch bilan aytish mumkin.
Sherobod tumani “Cho‘yinchi” mahallasida joylashgan sport majmuasida “Aholi bandligini ta’minlash ustuvor vazifamiz” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi mana shunday loyihalar taqdimoti bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng, o‘zini-o‘zi band qilishlari hamda uyida o‘tirgan holda qo‘shimcha daromad olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida 150 nafar xotin-qizga tikuv dastgohlari, 68 nafar xotin-qizga pishirish pechlari, shuningdek, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan 31 nafar yoshga payvandlash uskunasi, tikuv dastgohi va kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Tadbir bahonasida sport majmuasida buyuk mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiyning 582 yilligi munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi. G‘oliblar esa viloyat hokimligining sovg‘alari bilan taqdirlandi. Majmua hududida daraxt ekish aksiyasi tashkil etilib, meva va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgani alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Dilga xushnudlik ulashib…

Bu yilgi Navro‘z azalgidek har tomonlama xosiyatli, qutlug‘ qadamlar...

Yozgi taʼtil qisqaradimi?

Yurtimizda maktablarida yozgi taʼtil 1,5 oy (6 hafta) boʻlishi...

Hakamlar akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qaroriga binoan futbol hakamligini yanada rivojlantirish...

“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!”

Navro‘z – tabiat va inson uyg‘unligi, yangilanish va ezgulik...
KunTun
KunTun