1 ming 416 nafar yoshning bandligi taʼminlandi

Date:

Bugungi davr yoshlariga imkon berilsa, ishonch bildirilsa bo‘lgani. IT sohasi deysizmi, sport, ilm-u fan va san’at, yaratuvchanlikka-da bo‘lgan iqtidor va mahoratlarini ko‘rsatib sizni lol qoldiradi. Qolaversa, bu bilan o‘z kariyerasiga bo‘lgan ilk qadamni ham tashlashi nafaqat o‘zlari, balki el-u xalq, davlat uchun ham manfaatlidir. Boysun tumanida tashkil etilgan yoshlar bilan uchrashuvda ularning qiziqishlari, iqtidorlari bilan qiziqildi.
Shu o‘rinda e’tirof etish kerakki, Boysun deganda o‘ziga xos milliy anʼana va urf-odatlarimiz yodimizga tushadi. Ayni qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hunarmandchilik maktabi esa anchayin mashhurdir. Uchrashuv doirasida tashkil etilgan hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi esa barchada katta qiziqish uyg‘otdi.
Ushbu uchrashuv yoshlarning orzu-istaklarini, kelgusidagi maqsadlarini ham ro‘yobga chiqarishga xizmat qildi. Shu yerning o‘zida yoshlarga asbob-uskunalar uchun sertifikatlar topshirildi. Bu uskunalar orqali ular kelgusida o‘z-o‘zini band qilib, foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lishadi. Shundan so‘ng, tumandagi band bo‘lmagan yoshlar hamda ish beruvchilar, jumladan, tumanda faoliyat yuritayotgan 6 ta yirik korxona masʼullari ishtirokida mehnat yarmarkasi ham bo‘lib o‘tdi. Har bir ish beruvchi korxonalarga ishsiz va band bo‘lmagan yoshlar taqsimlanib, 1 ming 416 nafar yoshning bandligi taʼminlandi.
Yoshlarga oid taqdimotlar ko‘zdan kechirilib, tumanda “Yoshlar markazi” binosi qurilishi loyihasi tasdiqlandi. Ushbu “Yoshlar markazi” binosida “Ustoz-shogird” anʼanalariga asosan ishlarni tashkil etilib, yoshlarga hunarmandchilik sir-asrorlarini o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.
Viloyat hokimi kubogi uchun yoshlar o‘rtasida armrestling, arqon tortish va tosh ko‘tarish musobaqalarining ham shu kuni o‘tkazilgani barchani bir yerda jam eta oldi. Musobaqa davomida o‘z jismoniy kuch-qudratini ko‘rsatgan yoshlar saralanib, yakunda g‘oliblar munosib taqdirlandi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun