50 million so‘mgacha…

Date:

Ish boshlash niyatida bo‘lgan yigit-qizlar o‘z qiziqishi bo‘yicha bir kasb-hunar bo‘yicha o‘qiydi, biznes reja ham tuzadi. Ayniqsa, kerakli mablag‘ni olish uchun kafil yoki ta’minotingiz bo‘lmasa, bari harakatlari zoye ketishidan yomoni yo‘q. Natija bo‘lmaganidan so‘ng, bor qiziqish va ishtiyoq ham so‘nadi. Bunday holat faqat bir yoki bir necha kishida uchramaydi. Demak, bu yo‘ldagi muammoni bartaraf etish va yoshlarni munosib qo‘llab-quvvatlash maqsadida imkon berish lozim. Prezident qaroriga muvofiq esa mana shunday holatlarning oldi olinadigan bo‘ldi. Unga ko‘ra dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.
Hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori ham 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshirilishi biznesda shahdam qadam tashlashga imkon beradi. Bunda tashabbuskor loyihada kamida o‘ttiz foiz ulush bilan ishtirok etishi talab etiladi xolos.
Qarorda ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va kreditni o‘z vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik subyektlari uchun ham manfaatli jihatlar yo‘q emas. Ana shunday tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini kengaytirishi uchun kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi.
Qolaversa, hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra kredit summasining 10 million so‘mgacha bo‘lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so‘mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o‘tkazib beriladi. Ajratilgan kreditlarni o‘z muddatida qaytarmaganlarga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shunday ekan, bildirilgan ishonchni oqlash va berilayotgan imtiyozlardan o‘rinli foydalanish lozim.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Tadbirkor qizlar” biznes marafoni start oldi

Xotin-qizlarni biznesga qiziqtirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun yetarlicha...

Yangi imkoniyatlar…

Surxondaryo viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati jamiyat hayotining deyarli...

Surxondaryo delegatsiyasi Tojikistonda

Yurtimiz Mustaqilligining 33 yillik shodiyonalari hali tugagagni yo‘q. xalqimiz...

«Qo‘mondonlik kubogi» musobaqasida

Sport birdamlikka, sport jismoniy chiniqish-u muvaffaqiyatga boshlaydi. Yoshlarimizni sportga...
KunTun
KunTun