“Universiada-2022”: Surxondaryo viloyati jamoasi finalda

Date:

“Universiada” sport musobaqalari yoshlarning jismoniy imkoniyat va mahoratlarini namoyon etishida hamda yangidan-yangi chempionlarni kashf etib kelishda katta maktab vazifasini o‘tayapti. Navoiy viloyatida dzyudo sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bu galgi “Universiada-2022” respublika sport musobaqalarining final bosqichi ham ana shunday maqsadga xizmat qildi.
Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan 14 ta jamoa bor imkoniyatini ishga soldi. Dzyudochilar g‘alaba uchun kurashdilar. Jarayon qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Jamoalarning finalga chiqishi oson kechmadi. Eng kuchlilar final boshqichiga yo‘naltirildi. Ana shunday jamoalar orasida Surxondaryo viloyati jamoasi ham bor edi. Jamoa tarkibida Termiz davlat universiteti talabalaridan +48 kilogramm vazn bilan Lobar Xurramova hamda +66 kilogramm vazn toifasida Jasurbek Yo‘ldoshboboyevlar 1-o‘rinni egalladi va oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Umumiy jamoa hisobida esa Surxondaryo viloyati 3-o‘rinni qayd etdi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun