“Deputatlar bog‘i” tashkil etildi

Date:

“Yashil makon” loyihasi doirasida “dolzarb 40 kunlik”ning e’lon qilinishi yosh-u keksa ko‘ngliga ezgulik urug‘larini qadadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi yashab turgan manzilini bog‘-u bo‘stonga, yashillikka burkashni niyat qilgan o‘zbek xalqi yaxshi niyat ila yerga ko‘chat ekishga tutingan. Maktab o‘quvchisidan tortib, o‘qituvchi murabbiylargacha, oddiy xodimdan rahbarlargacha ana shunday savobli ishga bosh bo‘lishga, xissa qo‘shishga unnagan. Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati tashabbusi bilan tuman deputatlari, partiyalar ijro kengashlari hamda tuman “Agropilla” MCHJ bilan hamkorlikda tumanning “Qoraxon” mahallasi hududidagi 30 sotix maydonda “Deputatlar bog‘i” tashkil etildi.

Bo‘lib o‘tgan daraxt ko‘chatlari ekish tadbirida deputatlar faol ishtirok etib, “Deputatlar bog‘i”ga 40 ta bodom, 130 ta tut daraxti ko‘chatlarini o‘tqazishdi. Shuningdek, ekilgan har bir ko‘chatga ishlov berilib, oqlash va qator oralarini tozalash, yumshatish ishlari ham bajarildi.
Boshlangan ushbu xayrli ish “Dolzarb 40 kunlik” yakuniga qadar davom ettiriladi.30 sotixli “Deputatlar bog‘i”ga to‘liq 500 ga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar ekish reja qilingan.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun