Mahoratlar sinovdan o‘tkazildi

Date:

Osh – o‘zbekning shoh taomi. Palovxonto‘rani sevib iste’mol qilamiz. O‘zbekistonning hududlarida oshni turlicha tayyorlashadi. Har bir tayyorlanish usulida ham o‘ziga xoslikni, mazali ta’mni sezish qiyin emas. Samarqand oshida avval guruch, ustidan sabzi, so‘ng go‘sht qo‘yib, dasturxonga tortishsa, Buxoro oshi “Oshi sofi” deb ham ataladi. Pishirish usuli tufayli parhez taom hisoblanadi. U o‘ziga xos tarzda tayyorlaniladi, undagi masalliqlar Andijon yoki Toshkentdan farqli o‘laroq bir-biriga aralashtirilmaydi. Yana zirvakli, sarimsoqli, do‘lmali kabi ko‘plab osh turlari bor. Uning mazasini yanada chiqarish uchun oshpazdan mehr va qunt bilan pishirish talab etiladi.
Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti tyutorlari va Yoshlar ittifoqi hamkorligida oliygohda tahsil olayotgan 1-kurs talabalari o‘rtasida pazandachilik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro va surxondaryolik talabalar ishtirk etib, o‘z hududlarida tayyorlanadigan oshni damladilar. Ming marta eshitgandan ko‘ra bir bora tatib ko‘rishni ma’qul bilgan tomoshabinlar esa Samarqand-u Buxoro, Surxon-u Qashqadaryo oshlarining ta’mini o‘zlari ta’tib ko‘rib, tanishdilar, munosib bahoni berdilar.
Yakunda g‘olib bo‘lgan talabalar sertifikat va esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun