“Qumqishloq”da Street workaut sport maydonchasi bo‘ladi

Date:

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport o‘yinlari, tadbirlar, kechalar va uchrashuvlar tashkil etilayotir. Ayniqsa, bunday ishtiroklarning oxiri rag‘bat bilan tugashi yoshlarni ruhlantiryapti. O‘ziga nisbatan ishonchini oshirib, bu yoki bu sport turiga yoki sohaga qiziqishini uyg‘otayotgani ham sir emas. Demak, tashkil etilayotgan tadbirlar va sport musobaqalari shunchaki, nomiga o‘tkazilmayapti. Ulardan ko‘zlangan maqsad o‘zini oqlayotganini ko‘rsatayotir.

Birgina mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘tkazilgan “Besh tashabbus” olimpiadasini oladigan bo‘lsak, olimpiadaning 1-mavsumi doirasida o‘tkazilgan Yengil atletika sport musobaqalarining viloyat bosqichida birinchi o‘rinni olib, respublikada 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Jarqo‘rg‘on tumani “Qumqishloq” mahalla yoshlari munosib ishtirok etib, mahalla hududida zamonaviy sport maydonchasi qurilishi sertifikatini qo‘lga kiritishgan edi. Ushbu natija munosabati bilan mahallada zamonaviy Street workaut sport maydonchasi qurilishi boshlab yuborildi. Bu esa yengil atletikachi yoshlarni yanada ruhlantirib yubordi, sababi ularning harakati va mehnati sabab qumqishloqliklarning ham endi zamonaviy Street workaut sport maydonchasi bo‘ladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun