“To‘maris” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Date:

Tabiatning nozik xilqat vakillari-da, mard va jasur o‘g‘lonlardan qolishmaydi. Ular bilan yelkama-yelka turib, Vatan xizmatiga shaylanishgan. Albatta, ularning bu qarori, xizmatlari e’tirof etishga, maqtashga arziydi. Harbiy xizmatda deysizmi, ichki ishlar organlarida deysizmi, o‘zining sharafli burchini mardonavor ado etib, Vatanni himoya etishga, turli jinoyatchiliklarning oldini olish-u fosh etishda ayol harbiy xizmatchilarning xizmati beqiyos.
O‘zbekiston mudofaa qudratini yuksaltirish, jamiyatda hukm surayotgan millatlararo totuvlik, tinchlik va barqarorlikni asrashga munosib hissa qo‘shayotgan ayol harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezidentimizning “To‘maris” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.
Aytish kerakki, ushbu ko‘krak nishoni vazirlik va idoralar rahbarlari (yoki ularning topshirig‘iga muvofiq, boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida o‘z egalariga tantanali ravishda topshiriladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun