Surxondaryoda «Surxon milliy qadriyatlar beshigi» shiori ostida yoshlar forumi boʼlib oʼtdi

Date:

Yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning isteʼdolarini roʼyobga chiqarishga koʼmaklashishga qaratilgan besh tashabbus loyihalarini yangicha tashkil etish hamda muammo va takliflarini erkin bildira olishlari uchun maydon yaratish maqsadida tashkil etilgan «Oʼzbekiston yoshlari forumi – 2021» haftaligi doirasida Termiz shahridagi «Bolajon» istirohat bogʼida tashkil etilgan tadbirda ajdodlardan meros boʼlib kelayotgan hamda turli xalqlarning milliy oʼyinlari oʼtkazildi.
Forumda Termiz shahri va tumanlar oʼrtasida oʼtovlar koʼrgazmasi tashkil etildi. Koʼrgazma doirasida har bir shahar va tumanlar oʼzining milliyligini aks ettiruvchi urf-odat va qadriyatlar hamda hududda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyishi oʼtkazildi.
Mahalladan viloyat bosqichigacha oʼtkazilgan «Oʼzbekiston yoshlari forumi» tadbirlari orqali 600 ming nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.
Shuningdek, forum doirasida, yoshlar oʼrtasida koʼchalararo, mahallalararo yoʼnalishida sportning qator turlari boʼyicha «Sektor rahbari kubogi» musobaqalari, «Kamalak yulduzlari – 2021» bolalar ijodiyoti festivali, «Munozara» intellektual turniri, «Yil talabasi» koʼrik-tanlovlari, Аxborot texnologiyalariga qiziquvchi yoshlar oʼrtasida kibersport hamda «Bir million dasturchi» loyihalari, kitobxonlikni yoshlar oʼrtasida targʼib qilish maqsadida «Zukko kitobxon», «Mahallam kitobxoni» kabi loyihalar, yoshlarni bandligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar va muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar tomonidan yoshlar uchun biznes-trening va motivatsion uchrashuvlar tashkil etildi.
Barcha tadbirlar «Oʼzbekiston 24» yangiliklarida jonli efirga uzatib borildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilmiy salohiyat yuksaltiriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov...

Termizda inklyuziv muhit

Termiz shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va xavfsiz...

Biologik himoya — mo‘l hosil garovi

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov hamda tuman prokurori Baxtiyor...

16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlar cheklanadimi?

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini qonun...
KunTun
KunTun