Dolzarb 40 kunlik” davom etmoqda

Date:

Ekologiyaning barqarorligini ta’minlash, havo tozaligini yaxshilash bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylangan. Ona sayyorani gul-u gulzorga, bog‘-rog‘ga aylantirish maqsadida yerga urug‘ qadayapmiz, ezgu niyat ila daraxt ko‘chatlarini ekyapmiz.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” daraxt ekish aksiyasi ham ayni maqsadga xizmat qilayotir. Angor tumanida ham aksiya doirasida ishlar davom etmoqda. Yosh-u keksa qo‘lni-qo‘lga berib, birdamlikda, hamjihatlikda tashkilotlar, korxonalar, xonadonlar va yoʻl yoqalariga daraxt koʻchatlarini ekish bilan band.

Angor tuman telekommunikatsiya aloqa boʻlimi xodimlari ham ko‘pdan qolmay aksiyada faol. Boʻlim hududiga qarashli 8 sotix yer maydoniga 100 tup sasna, 50 tup mojjevelnik, 50 tup pavloniya, 50 ta katalpa va 50 ta atirgul koʻchatlarini ekishdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun