Respublika bosqichiga yo‘llanma…

Date:

Voleybolda jamoa bo‘lib ishlash, birdamlik qo‘l keladi. ikki raqib jamoaning o‘rtasida esa to‘r tortilgan. Maqsad to‘pni qo‘l bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qilmoq lozim. Musobaqa 3 yoki 5 partiya oʻynaladi. Epchillik, chaqqonlik bilan qilingan harakatlar esa yakunda, albatta, jamoaning g‘alabasi bilan yakunlanadi.

“Besh tashabbus” olimpiyadasi doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sport musobaqasining viloyat bosqichida jamoalar ana shunday harakat qildilar. Raqib tomonga to‘p tushirib, ustunliklarini namoyish etdilar.

22-26 yosh toifasida Muzrabot tumanining “Buyuk ipak yo‘li” mahallasi sharafini himoya qilgan qizlar jamoasining ishtiroki va tayyorgarligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Ular 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, olimpiadaninig respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Umid qilamizki, uddaburon voleybolchi qizlar so‘nggi bosqichda ham Surxondaryo sharafini himoya qiladi va faqat birinchi bo‘lish qaytishadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun