Subsidiya beriladi…

Date:

Oliy ma’lumotga ega bo‘lish barcha imkoniyatlar eshigini ochib yuborayotganday tuyiladi. 4 yillik ta’limdan so‘ng esa bitiruvchi qayerga bosh suqishi, nima ish qilishi xususida bosh qotirib qoladi. Bo‘sh ish o‘rinlariga esa bir necha yillik tajribaga ega mutaxassislarning qabul qilinishi yoshlarning ertangi kunga, ishlashga bo‘lgan xafsalasini pir qilmay qolmaydi. Ammo, hamma ham imkonga haqli. Axir bilimlar amaliyotda sinalgandagina tajriba oshadi.
OTM talabasi hamda bitiruvchisini ishga qabul qiluvchi korxona va tashkilotlar uchun esa yaxshi yangilik: yangi yilning 1-yanvaridan o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari, oliy ta’lim tashkilotlari 3- va 4-kurs talabalari hamda bitiruvchilarini ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun bir yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 9 baravari miqdorida subsidiya beriladi. Mana shunday xabar va imtiyozlardan so‘ng, talabalar va bitiruvchilarning ishga joylashishi muammo bo‘lmasa kerak…

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun