Kimlarga Birinchi yordam ko‘rsatiladi?

Date:

Inson hayot faoliyati davomida turli holat va favqulodda vaziyatlarga tushib qolishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar – ro‘y berish manbaiga qarab tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi.

Turli xil tabiiy ofatlar hamda inson omili aralashuvi natijasida yuzaga keladigan falokatlarni bartaraf etish, jarohat olganlarga Birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini o‘rgatish bo‘yicha O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Surxondaryo viloyat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar-treningda Favqulodda vaziyatlar, YHXB, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, kollejlar boshqarmasi va boshqa aloqador tashkilot xodimlari ishtirok etdi.

Seminar-treningda mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi. Ishtirokchilar ilmiy-nazariy ma’lumotlar olish bilan birgalikda, amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Unda ishtirokchilar Birinchi yordam bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda o‘quv-mashq tariqasida sinab ko‘rishdi.

Seminar-trening ertaga yana o‘z ishini davom ettiradi. Yakunda ishtirokchilarga maxsus sertifikat beriladi.

X. TOG‘AYMURODOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun