Meva va sabzavotlardan san’at asarigacha…

Date:

Ko‘ngli san’atga oshno inson oddiy narsalardan ham go‘zallik yarata oladi. Aksi bo‘lganlar esa san’at asarining qadrini ham, qiymatini ham bilmaydi. Qiziriq tumani Barkamol avlod bolalar maktabiga qarashli “Karving” to‘garagi a’zolari karving san’atini o‘rganishga katta ishtiyoq bilan bel bog‘lashgan.

To‘garak rahbari Dilafro‘z Yo‘ldosheva esa meva va sabzavotlar yuziga turli naqshlarni solib, ajib san’at asarlari yaratishni o‘rgatadi. Tomoshadan zavq olgan qunti baland shogirdlar esa bor zehni ila tomosha qilgach, jarayonni takrorlashadi. Natija esa yomon emas. Ular eplashmoqda.
Karving san’atini egallash ham aslida hunar, bugunning talabgir, daromad keltirguvchi ishiga aylanib ulgurgan. Bayram va to‘ylarning, ziyofat dasturxonlarini bezash uchun ham ayni xizmatdan foydalanish urfga kirgan. Demak, yosh karving ustalari bu ishni shunchaki o‘rganishmayapti, balki bezaklari dasturxonlarni bezaganda nafaqat o‘zi, o‘zgalar ham zavq olishi aniq.

To‘garak saboqlariga qaytsak, yosh karvingchilar oldin meva va sabzavotlarda naqshlarni chizib olib, so‘ng maxsus asboblar yordamida chizilgan gullarni o‘yib shakl chiqarayotir. Nafis gul shakllarining paydo bo‘la boshlashi esa karvingchini ilhomlantiradi, ishini sevib qolishga ruhlantiradi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun