O‘zini-o‘zi band qilishi uchun jihozlar topshirildi…

Date:

Ishsizlikni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va turmush sharoitini yaxshilash maqsadida yurtimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilayotgani e’tirof etarli holat. Bunday amaliy ishlarda, albatta, mahallalarda ish olib borayotgan hokim yordamchilarining xizmati, tashabbuslari katta bo‘layotir.

Ayni lavozim sohiblarining tavsiyalari asosida ijtimoiy himoyaga muxtoj, o‘zini-o‘zi band qilish istagini bildirgan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan Surxondaryo viloyatidagi 145 nafar xotin-qizga tikuv dastgohlari bepul tarqatildi. Ular mana shunday g‘amxo‘rlik va e’tibordan xotin-qizlar shod. Bu ayollarning qo‘lida hunari borlari tikish-bichish ishlarini boshlab yuborib, daromad ko‘rishni boshlasa, chevarlikka ishtiyoqi borlari esa ushbu tikuv dastgohlarini olganidan so‘ng bepul kurslarga o‘qib, tkuvchilik sir-asrorlarini o‘rganishadi. Bir necha oy ichida o‘z yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishlari uchun ham sharoit yaratib berilishidan quvongan ayollarning o‘zlariga nisbatan ishonchi oshgan.

Bu boradagi ishlar viloyat miqyosida bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun