HARBIY XIZMATCHILARGA YANGI UYLAR TOPSHIRILDI

Date:

Umr bo‘yi topganimizni jamg‘aramiz-da, yaxshi niyat ila uy solamiz yoki xarid qilamiz. Bitta kiyimni kam kiysak ham, mashinamiz bo‘lmasa ham, o‘z uyimiz, Vatan ichra kichik bir vatanimiz bo‘lishi kerak. Axir insonning yaqinlari, oilasi bilan birgalikda o‘z uyida yashaganiga nima yetsin. Bugun Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oilalari ko‘nglida ana shunday xursandchilik, uyli to‘kislik quvonchi mujassam. Sababi ayni ular uchun 60 xonadondan iborat 9 qavatli yangi uylar qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi. Ushbu uylarning hujjatlari va kalitlarini o‘z egalariga topshirish marosimi esa katta bayramga, shodiyonaga aylanib ketdi.

Marosimda uy egalarining quovchiga sherik bo‘lgan viloyat hokimining o‘rinbosari A.Bo‘riyev, Termiz shahar hokimi O‘.To‘rayev, Janubiy operativ qo‘mondonlik boshlig‘i polkovnik P.Sativaldiyev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda harbiy xizmatchilar va ularning yaqinlari ishtirok etdi.

Yangi xonadonlarga kirib, shart-sharoitlar bilan tanishsangiz, sizda ham ana shunday ajoyib uy bo‘lishini istaysiz. Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan uylarning xonalari shina va yorug‘. Zaruriy mebel va jihozlar bilan ta’minlangan. Xullas harbiy xizmatchilarning farovon turmush kechirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Ko‘p qavatli uyning hovlisida bolajonlar uchun ham zamonaviy o‘yin maydonchasi barpo etilgan. O‘g‘il-qizlar shu kunning o‘zidayoq bolalar maydonchasida maroq bilan o‘ynashga tushib ketdilar.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun