“Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi…

Date:

Futzal (inglizcha, mini futbol) haqida gap ketganda futbol bilan nima farqi bor ekan, degan xayolga borish aniq. Futzal ham futbolga o‘xshaydi, faqat futbol bilganimizdek katta, usti ochiq maydonda o‘ynalsa, futzalda parketli kichikroq va usti yopiq majmuada to‘p suriladi.

Bu o‘yinda ham darvozabon, hujumchi va himoyachilardan chaqqonlik, epchillik va mahorat talab etiladi. Ayni shunday futzal “O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tashabusi bilan Toshkent shahrida tashkil etildi.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga qiziqishni oshirish maqsadida bo‘lib o‘tgan “RAHBAR KUBOGI 2022” sport musobaqasida davlat organlari, idora va tashkilotlari rahbar va xodimlari ishtirok etdi. Musobaqada 16 ta jamoa ishtirok etib, o‘zaro bellashdi.
Sariosiyo tuman sport bo‘limi boshlig‘i Z.Zayitov esa Surxondaryo viloyati jamoasi sharafini munosib himoya qildi. Uning jamoaga yordam berib, to‘p surishda o‘ziga xos harakatlari inobatga olinib, Sport vaziri tomonidan “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram bayramdek o‘tsin!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan aholi gavjum joylarda xavfsizlikni...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Ramazon oyining ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ruhini targ‘ib etish...

Ta’limda xalqaro tajriba

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, yetakchi...

Navro‘z sayllari boshlandi

Surxondaryo viloyatida bahorning eng go‘zal bayrami – Navro‘z umumxalq...
KunTun
KunTun