Mahallalar yoshlar yetakchilari ishtirokida seminar tashkil etildi

Date:

Yoshlar yetakchilari mahallalarda o‘z faoliyatini boshlagandan buyon ko‘rish, kuzatish mumkinki, natija oldingi faoliyatdan tubdan farq qiladi. Asosiysi, ular faqat maktab o‘quvchilari bilan cheklanibgina qolmay, mahalladagi bekorchi, uyushmagan yosh bormi, barchasi nimadir yumush yoki mashg‘ulotga safarbar etilgan. Muhimi yoshlar yetakchisi kuch va iqtidorini, mahoratini to‘g‘ri sarflay olsa, kerakli tashabbusni vaqtida ko‘rsata olsa bo‘lgani.

Yoshlar yetakchilari ham boshqa soha vakillari qatori turli seminar va o‘qishlarga, mashg‘ulotlarga qatnashib, bilim va tajribasini oshirsa, foydadan holi bo‘lmaydi. “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati bo‘linmasi tashabbusi bilan mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari ishtirokida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida tashkil etilgan seminar ana shunday ishlarning amaliy davomi bo‘ldi.
Seminarda korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablari, davlat va jamiyat boshqaruvida uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligiga erishish to‘g‘risida taqdimot qilindi.

O‘quv seminar davomida kichik guruhlarga bo‘lingan holda mavzu muhokamasi tashkil etildi. Yoshlar yetakchilarining mahallalarda korrupsiyaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatga nisbatan munosabatini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun