Talabalarga hech qanday ijara shartnomasisiz ijara to‘lovi to‘lab beriladi

Date:

Yashash manzilidan olisda o‘qiydigan talaba uchun turar joy masalasi qiyin bo‘lishi aniq. Talabalar turar joylari talabalarni 100 foiz yotoq joy bilan ta’minlay olmasligini hisobga olsak, oliygoh yaqinidan yoki yoshlar uchun qulay manzilda qo‘nim topish, albatta, moliyaviy tomondan mablag‘ talab etadi. Stipendiyasidan voz kechib (kontrakti arzon bo‘lishi uchun), qaysidir tashkilotda yoki maktabda ishlashi uchun 3-bosqichda o‘qishini tasdiqlovchi ma’lumotnoma so‘ralayotgan bir paytda ijara to‘lovi muammosi ham ko‘ndalang turadi.
To‘g‘ri, talabalarning ijara to‘lovining ma’lum qismi davlat byudjeti tomonidan to‘lab berilishi yoshlarni quvontirgan edi. Ammo, hamma ham ortiqcha soliq to‘lovlari to‘lashdan bo‘yin tovlab, talaba bilan ijara shartnoma qilishni istaydiganlar ham afsuski, yo‘q emas.
Mana shunday vaziyatlarda Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev tomonidan ilgari surilayotgan tashabbus endigina o‘qishni boshlaydigan talabalarga yengillik tug‘diradi.
Joriy yilda 1-kursda tahsil olayotgan, ijarada yashaydigan talabalarga, istisno tariqasida, sentyabr va oktyabr oyi ijara to‘lovlarining 50 foizi, Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha (hozirda 300 ming so‘m), qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha (hozirda 150 ming so‘m) hech qanday ijara shartnomasi talab etilmasdan to‘lab berilishi eng yaxshi yangilik bo‘ldi. Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi.
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun ijarada turadigan talabalar o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki oliy ta’lim muassasasining talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga murojaat qilsalar bo‘lgani.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun