Ko‘krak nishonlari tantanali tarzda topshirildi

Date:

O‘qituvchiga bahoni o‘quvchi-yoshlarga singgan mehnati, oliy ta’limga o‘qishga kirish reytingi ko‘rsatib beradi. O‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganlarni vaqtning, muhit va davrning o‘zi siqib chiqaradi. Xalq ta’limi tizimida samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan, jonbozlik ko‘rsatayotganlarning xizmati esa tahsinga, rag‘bat va mukofotga loyiq.

Sariosiyo tumani Xalq ta’limi bo‘limida umumta’lim maktabi direktorlari hamda o‘qituvchilar ishtirokida tashkil etilgan tadbirda xizmati e’tirof etilgan bir qator o‘qituvchilarga ko‘krak nishonlari tantanali tarzda topshirildi.
E’tibor va e’tirofdan ruhlangan o‘qituvchilarning yuzida tabassum, qalblarida esa hayajon. Bildirilgan ishonchdan g‘ururlanib, kelgusida yanada mas’uliyat va shasht bilan ishlashlarini, kelajak avlodga munosib ta’lim-tarbiya berishlarini aytishayotir.

Sariosiyo tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Nasiba Jabborova “Xalq ta’limi fidoyisi”, 55-sonli umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Nodira Turdiyeva kabi o‘z fanining tajribali pedagoglari “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishdi.
Ko‘ksida mehnatining shirin mevasi sifatida yaltirab turgan bu nishonlar tizimda yanada yaxshi odimlarga, yaxshi ma’nodagi o‘zgarishlarga xizmat qilsa, ajab emas.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun